

Bahs 1:2 hisobida "qizil iblislar"ning mag'lubiyati bilan yakunlandi.
The Telegraph nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'yindan so'ng "Manchester Siti" g'alabani juda baland ovozda nishonlashdi va bu Mourinyoga yoqmadi.



Portugaliyalik mutaxassis mehmonlar kiyinish xonasi oldiga kelib, "shaharliklar"ni tinchlantirmoqchi bo'ldi, ammo bu harakatlar "Siti" darvozaboni Ederson bilan janjalga sabab bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, Mourinyo o'zini bosa olmagan va braziliyalikning boshiga suv idish bilan zarba bergan.
Mushtlashuv natijasida "Manchester Siti" yordamchi murabbiyi Mikel Artetaning qoshi yorildi.



