Manba: Shomurodov "Monca"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022, 12:22
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Monca"da davom ettirish ehtimoli bor.

Jurnalist Nikolo Skiraga ko'ra, "Monca" O'zbekiston terma jamoasi forvardini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

27 yoshli hujumchi "Roma" uchun barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli pas uzatgan.

Avvalroq Shomurodovni o'z safida ko'rishni xohlagan "Bolonya" boshqa hujumchini sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira