

O'zini Fabricio Koronaning insayderi deb tanishtirgan noma'lum erkak Italiyada boshlangan pul tikish mojarosi haqida "La Gazzetta dello Sport" nashriga izoh berdi. Eslatib o'tamiz, bu mavzuni ommaviy axborot vositalarida tarqatgan Korona edi.
Ma'lumot beruvchi Nikola Zalevskiyning noqonuniy "stavka"lari haqidagi faktlarni shunchaki to'qib chiqarganini tan oldi. "Roma" futbolchisi A Seriya uchrashuvlaridan birida sariq kartochka olishga pul tikkani xabar qilingandi.
Informatorning aytishicha, Fabricio Koronaning o'zi unga ma'lumot uchun 20 ming evro taklif qilgan va hatto tasdiqlashni ham so'ramagan.



