Manba: Germaniya terma jamoasi Jahon chempionatida ikki guruhga bo'lingan

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022, 11:45
Nemislarning JCH-2022 dagi muvaffaqiyatsizligiga nima sabab bo'lgani borasidagi yana bir versiya paydo bo'ldi.

"Sport Bild" nashri xabariga ko'ra, Germaniya terma jamoasi Jahon chempionatida bir jamoa bo'lmagan. Katta ehtimol bilan bu Bundestimning ketma-ket ikkinchi Jahon chempionatida pley-off bosqichiga chiqa olmasligiga olib keldi.

Qayd etilishicha, "Bavariya" futbolchilari va qolgan futbolchilar bir-biridan ajralib qolgan. Shu bilan birga, murabbiy Xansi Flik myunxenliklar tomonida bo'ldi, chunki u avval Myunxen klubida ishlagan. Aynan "Bavariya" vakillari "One Love" tashkilotini qo'llab-quvvatlash uchun akciya tashkil qilishdi. 

Ilkay Gyundogan Yaponiya bilan o'yinda Leon Goreckaga almashtirilganidan juda norozi bo'lgan – go'yo bu "uyg'unlik uchun" qilingan. E'tiborlisi, ular Gyundoganni 1:0 hisobi qayd etilib turgan paytda o'zgartirishdi, yakunda natija yaponiyaliklar foydasiga hal bo'ldi.

Mark-Andre ter Shtegen va Kay Xaverc zaxirada o'tirishdan norozi edi. Masalan, "Bavariya" sobiq futbolchisi Niklas Zyule o'zini yomon ko'rsatgan bo'lsa-da, ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild