

"Anfield Papers" ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" ancha vaqtdan buyon Abduqodir Husanovning o'yinlarini kuzatgan va zavq olgan.
Agarda "Manchester Siti" 47 million funtdan ko'proq so'ramasa, "Liverpul" ushbu transfer uchun muzokaralarga kirishishga tayyor turibdi.
Yozda Mersisayd klubi himoyachisi Ibraima Konate jamoadan ketishi ehtimoli bor. Husanov uning o'rnini bosishi kutilmoqda.
O'tgan mavsum yozida "Manchester Siti"ga o'tgan Husanov umumiy hisobda 18 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.



