"Man Yunayted"ga germaniyalik yoki argentinalik murabbiy taklif qilinadi

6 noya 2020, 19:44
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyini almashtirish haqida o'ylamoqda.

ESPN xabariga ko'ra, Ole-Gunnar Sulsher ketadigan bo'lsa, uninng o'rnini ilgari "Tottenxem"ni boshqargan Maurisio Pochettino yoki "RB Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann egallashi mumkin.

Takidlanishicha, rahbariyat 33 yoshli nemis mutaxassisining nomzodini qo'llab-quvvatlaydi. Jamoa mutasaddilariga Nagelsmanning yoshlar bilan ishlash qobilyati va o'z jamoalariga singdiradigan o'yin uslubi maqul tushgan.

MYU oxirgi o'yinlarda "Arsenal" (0:1) va "Istanbul"ga (1:2) imkoniyatni boy bergach, Sulsherning taqdiri "Everton"ga qarshi uchrashuvning natijasiga bog'liqligi to'g'risida xabar berildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN