

"Manchester Yunayted" klubi "Fiorentina" futbolchisi Sofyan Amrabatni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Biroq, moliyaviy feyr-pley qoidalari sabab manchesterliklar futbolchini to'liq sotib ola olishmaydi. Shu sabab ham Amrabat MYUga ijara asosida ko'chib o'tishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Amrabatning "Fiorentina" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.


