Man Siti yana bir yirik transferni amalga oshirishga yaqin

Khoja
10 yanv 2025, 10:21
Manchester Siti qishda tarkibni kuchaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Jamoa Ayntraxt hujumchisi Omar Marmush bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Misrlik hujumchi qishda Angliyaga ko'chib o'tishga rozilik bergan.

Endi shaharliklar nemis jamoasi bo'yicha transfer narxi bo'yicha kelishuvga erishishi kerak. Aytraxt hujumchisi uchun 80 million evro so'ramoqda.

Ma'lumot uchun, hujumchi joriy mavsum 24 ta uchrashuvda maydonda tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golga assist qildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com