

Derbi oldidan saytimizning 2 platformasida obunachilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi.
- Hususan, “Angliya futboli” storisidagi natijalarga ko'ra, “qizil iblislar”ga ko'proq ovoz berildi – 57 foizga 43 foiz.

- Telegram'dagi sahifamizga qo'yilgan so'rovnomada esa 6.100 dan ziyod kuzatuvchi ishtirok etdi. Ulardan 51 % bugungi bahsda “Siti”ning muvaffaqiyatiga ishonmoqda. 36 foiz muxlis MYUni tanlagan bo'lsa, 13 % obunachi durang variantiga to'xtalgan.

- Ma'lumot o'rnida, Birinchi "Manchester derbisi" 1881 yil 12 noyabrda bo'lib o'tgan va o'shanda MYU 3:0 hisobida zafar quchgan. Umuman jamoalar hozirgi kungacha turli darajadagi musobaqalarda o'zaro 184 marta to'qnash kelgan. "Qizil iblislar" hisobida 76 ta g'alaba bo'lsa, "shaharliklar" 55 marta raqiblarini taslim etgan. Shuningdek, yana 53 o'yinda murosa yo'li tanlangan.

- Pep Gvardiola va Ole-Gunnar Sulsher esa shu vaqtgacha o'zaro 7 bor to'qnash kelgan, natijalar esa tenglikni ko'rsatmoqda – ikkala mutaxassis hisobida 3 tadan g'alaba va bittadan durang.

Yana bir qiziq fakt: "Man Siti" barcha musobaqalarda qatorasiga 21 o'yindan beri zafar quchmoqda, MYU esa APL doirasida safardagi o'yinlarda ketma-ket 21 bahsdan beri mag'lab bo'lmayapti!
Eldor Akmurzaev tayyorladi
Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!



