"Man Siti" futbolchisi "Vest Xem"ga o'tishi mumkin

31 iyul 2020, 21:35
The Sun nashri xabariga ko'ra, "Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz faoliyatini Londonning "Vest Xem Yunayted" klubida davom ettirishi mumkin.

"Shaharliklar" rahbariyati joriy transfer oynasida jamoani tozalashni rejalashtirgan, shu tufayli Stounz ham 20 mln funt evaziga sotib yuborilishi kutilmoqda.

Angliyalik futbolchiga Devid Moyes boshchiligidagi "Vest Xem" asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Stounz Moyes bilan "Everton"da birga ishlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun