"Man Siti" Donnarummani sotib olishdan ko'ra Edersonni saqlab qolishni afzal ko'rmoqda

Administrator
13 avg 2025, 21:10
Klub braziliyalik darvozabon bo'yicha hech qanday taklif olmagan.

"Manchester Siti" Edersonni Janluiji Donnarummaga nisbatan afzal bilmoqda.

Avvalroq, ingliz klubi braziliyalik futbolchi ketgan taqdirda PSJ darvozabonini o'z safiga qo'shib olishi mumkinligi ma'lum bo'lgandi.

ESPN xabariga ko'ra, "shaharliklar" Edersonni saqlab qolishni xohlashmoqda, ammo Donnarumma transferi ham istisno etilmayapti. Bu kelishuv braziliyalik futbolchining o'zi ketishga ruxsat so'rashi va biror klub uning transfer qiymatiga mos taklif berishi bilan bog'liq bo'ladi.

Hozirgi vaqtda "Siti" 31 yoshli darvozabon bo'yicha boshqa jamoalardan hech qanday taklif olmagan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN