"Man Siti" "Barsa"ning jiddiy qiziqishga qaramasdan, qishda Sterlingni qo'yib yubormoqchi emas

Aslanov Jasurbek
25 noya 2021, 23:01
Klub futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

"Manchester Siti" klubi Raxim Sterling bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. 

The Telegrapg bergan ma'lumotlarga qaraganda, klub futbolchi bilan yangi bitim borasidagi muzokaralarni tezlashtirgan. Qishda futbolchi klubdan kyetmaydi. "Siti" mavjud bo'lgan barcha takliflarni rad etadi. Bunga sabab bo'lgan faktorlardan biri jamoa futbolchisi Riyad Maxrezning Jazoir tarkibida Afrika millatlar kubogida ishtirok etishidir.

Avvalroq, "Siti" va Raxim Sterling o'zaro muzokaralarni vaqtinchalik to'xtatishgani ma'lum bo'lgandi. Bunga futbolchi uchun asosiy tarkibda joy kafolatlanmagani sabab bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Sterningning xizmatlariga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Jamoa yangi bosh murabbiyi Xavi "Siti" hujumchisini o'z jamoasida ko'rmoqchi edi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph