Malta bilan o'yinda Rossiyani yangi sardori kim bo'ladi? Karpin javob berdi

Aslanov Jasurbek
7 sen 2021, 10:00
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Malta bilan o'yindan oldin matbuot anjumaniga Fyodor Smolovning qatnashishiga munosabat bildirdi.

Avvalroq Xorvatiya (0:0) va Kipr (2:0) bilan uchrashuvlardan oldin murabbiy bilan Georgiy Jikiya va Dimitriy Barinov ishtirok etgan, keyinchalik ular terma jamoani sardorlik bog'ichi ostida boshlab tushgandi. Bu haqida Valeriy Karpin quyidagicha javob qaytardi. 

- Fyodor Smolov sardor bo'ladimi?

- Balkim. Sardor istalgan futbolchi bo'lishi mumkin. Agar ertaga u maydonga chiqsa, katta ehtimol bilan, ha.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Чемпионат