

Londonning “Arsenal” klubi qishda sotib olish uchun qattiq kirishgan “Bordo”ning braziliyalik yarim himoyachisi Malkom yozda “Bavariya”da paydo bo'lishi mumkin.
“Bavariya” - buyuk klub. U yerda o'ynash mening orzum. Transferim tez orada haqiqatga aylanishi mumkin. Menga hozirda yangi chaqiruvlar kerak” - deydi Malkom.
Malkomning transferi 50 million evroga baholanmoqda.



