Malkom A Seriya klubi bilan kelishib oldi

Braziliyalik futbolchi baribir Italiyaga ko'chib o'tadigan ko'rinadi.

“Barselona”ni tark etishi kutilayotgan Malkom “Roma” bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi doimiy o'yin amaliyoti vada qilayotgan “Roma”ga maoshining kamayishiga ham rozi ekanligini ma'lum qilgan. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili yozda Malkom “Roma”ga o'tishga bir qadam qolganda, mojarolar bilan “Barselona”ga yo'l olgandi.

O'tgan mavsum Malkom La Ligada 15 ta o'yin o'tkazdi, 1 ta gol urib, 2 ta assistni amalga oshirdi.


Manba: Dimarzio.com