Maldini va Massara "Milan"ni tark etadi

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2023
"Milan" texnik direktori Paolo Maldini va sport direktori Frederik Massara "rossoneri" xo'jayini Jerri Kardinale bilan uchrashuvdan so'ng klubni tark etishga qaror qilishdi.

Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, yig'ilishda keyingi mavsum uchun strategiya belgilanishi kerak edi, biroq muzokaralar juda yomon o'tgan.

Mutaxassislar va "Milan" o'rtasidagi kelishuvlar 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

2022/23-yilgi mavsum "Milan" 38 o'yinda 70 ochko jamg'arib, Italiya chempionatini 4-o'rinda yakunladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia