Maguayr MYUning uchta o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2021, 09:12
"Manchester Yunayted" futbolchisi Xarri Maguayr jarohatini davolashda davom etmoqda.

Hali u to'liq mashg'ulotlarga qaytmagan. Futbolchining o'zi tezroq maydonga qaytishni istamoqda. Ammo, katta ehtimol bilan u "Lester", "Atalanta" va "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin. 

Agar shunday bo'lsa, MYU ikki asosiy markaziy himoyachilarsiz qoladi. Avvalroq, Rafael Varan ham jarohat olgani haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports