Maguayr "Manchester Yunayted" sardorlar kengashida

Sherzod Nurmatov
4 avg 2025
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Daily Mail" nashriga bergan intervyusida jamoada yangi yetakchilar guruhi tuzilgani haqida ma'lum qildi.

Uning fikricha, bu ichki tartib-intizom va kiyinish xonasidagi muhit uchun muhim qadam bo'ladi.

O'tgan qiyin mavsum va kadrlar o'zgarishidan so'ng Ruben Amorim jamoaning ichki tuzilmasini yangilash kursini belgilab berdi. Xususan, u 6 nafar futbolchidan iborat yangi sardorlar kengashini taqdim etdi:

"Endi bizda yangi yetakchilar guruhi bo'ladi – bu juda muhim.

Unga Brunu Fernandesh, Lisandro Martines, Harri Maguayr, Diogu Dalot, Tom Xiton va Nussair Mazraui kiradi", – dedi Amorim.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail