Lyuk Shou Yevropa chempionati pley-offida qovurg'asidagi jarohat bilan o'ynagani ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2021, 22:05
Xabarga ko'ra, Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" futbolchisi Lyuk Shou Evro-2020 pley-offida siniq qovurg'a bilan o'ynagan.

Manbaning xabar qilishicha, himoyachi Germaniya terma jamosiga qarshi o'yinda (2:0) jarohat olgan.

Angliyalik siniq qovurg'si bilan 3 o'yinda qatnashgan:  1/4 finalda Ukraina bilan, 1/2 finalda Daniya bilan va finalda Italiya bilan. 

E'tiborlisi, u Ukrainaga qarshi bahsda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgandi, finalda esa gol urgan edi.

Shou Evro-2020'da umumiy 6 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph