Lyudmila Karachik: "Birinchi o'rinni egallashni maqsad qilganmiz"

Абдулвосит Бектемиров
13 yanv 2025, 19:34
O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvini o'tkazdi. Filippinga qarshi kechgan bahsdan so'ng yetakchi futzalchimiz Lyudmila Karachik o'yin haqida savollarga javob berdi.

- Bugun milliy terma jamoamiz Osiyo kubogi saralash musobaqasidagi dastlabki o'yinni o'tkazdi. Afsuski, biz bugun g'alaba qozona olmadik, biroq bizda yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Bugungi bahs haqida gapirib o'tsangiz?

- Bu o'yin O'zbekistonda bo'lib o'tdi va biz xotirjamroq bo'lishimiz kerak edi. Biroz koncentraciyani ham boy berdik. O'yin so'ngida esa, charchab qoldik.

- Raqibimiz haqida nimalar deya olasiz?

- Bugungi raqibimiz ham ancha yaxshi jamoa ekanligini ko'rdik. Ular biz kabi individual jihatlama kuchli futzalchilar ekan.

- O'yindan oldingi kutilmalar qanday edi? Bunga qadar Filippin jamoasi haqida qanday tasavvurga ega edingizlar?

- Biz ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Saralash bosqichida barcha jamoalar g'alaba qozonishga intiladi. Oson raqibning o'zi yo'q.

- Keyingi uchrashuvlarimizga qanday tayyorgarlik ko'rmoqchisizlar? Keyingi raqiblarimiz Avstraliya va Kuvayt terma jamoalari bo'ladi...

- Murabbiylarimiz bo'lajak raqiblarimizni o'rganib chiqishadi va ular haqida videomateriallar tayyorlashadi. Biz esa ularni ko'rib chiqamiz va raqib haqida aniq tasavvur ega bo'lamiz.

- Osiyo kubogining saralash bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari qanday kechdi? 

- Barchasi a'lo darajada bo'lib o'tdi. Bizning maqsadimiz birinchi o'rinni egallash.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia