Lyakazettning "Arsenal"dagi kelajagi hal bo'ldi

Mirjalol Normatov
22 fev 2022
Italiyalik jurnalist Nikolo Skira hujumchi Aleksandr Lyakazett ushbu mavsumdan keyin erkin agent sifatida "Arsenal"dan kyetishini ma'lum qildi.

Ayni damda uning xizmatlariga "Inter" va "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Shuningdek, "Lion" ham uni qaytarish niyatida bo'lib turibdi.

Lyakazett 2017 yili "Lion"dan "Arsenal"ga o'tgandi. Uning klubi bilan kelishuvi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi.

Ushbu mavsumda Lyakazett 18 o'yinda qatnashib, 3 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal