

Lyakazett BATEga qarshi dastlabki uchrashuvda (0:1) raqibiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydonni erta tark etgandi.
U kecha bo'lib o'tgan BATE (3:0)ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yubordi. Shuningdek, nimchorak final bosqichining "Renn"ga qarshi uchrashuvlarida ham maydonga tushmaydi, deya UEFA rasmiy sayti ma'lumot berdi.
Joriy mavsum 27 yoshli forvard ELning 4 bahsida ishtirok etib, 1ta gol va shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi.



