

Fransiya 1 sentyabr kuni Italiya (o'rtoqlik), 6 sentyabr kuni Belarusiyaga (JCH-2018 saralashi) qarshi maydonga tushadi.
"Lion" yarim himoyachisi Nabil Fekin va "Kristal Pelas" futbolchisi Yoan Kabay milliy terma jamoaning yig'inida ishtirok eta olmaydi. Ularning o'rniga Usmon Dembele (Dortmund, "Borussiya"), Kevin Gameyro ("Atletiko") va Joffrey Kondogbia ("Inter") chaqirildi.



