Lyakazett ham Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023, 18:38
"Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini Saudiya Arabistoni klublaridan birida davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, 32 yoshli fransiyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni jamoalaridan biri faol qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining "Lion" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi – 14 million evro.

Lyakazett o'tgan mavsum 35 ta o'yinda harakat qilib, 27 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira