Lukaku ketma-ket 4 ta o'yindan beri gol ura olmayapti

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2021, 09:27
"Chelsi" YCHL 2-turida "Yuventus"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradi.

Londonliklar hujumchisi Romelu Lukaku o'yinda to'liq harakat qildi. Ammo u gol ura olmadi. Shu tariqa, uning golsiz seriyasi to'rtta o'yinga etdi. 

Bungacha u "Tottenxem", "Manchester Siti", "Aston Villa" jamoalari bilan o'yinni golsiz tark etgandi. 

U qaytganidan keyingi dastlabki to'rtta o'yinida to'rtta gol ura olgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru