Lukaku "Inter"ni "Milan"ga almashtirishi mumkin

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2023, 21:12
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku 2022/2023 yilgi mavsumni "Inter"da ijara asosida o'tkazdi.

Futbolchi faoliyatini qo'shni klub - "Milan"da davom ettirishi mumkin. Jurnalist Antonio Vitielloning xabar berishicha, “rossonerlar” vakillari allaqachon Lukaku agenti bilan uchrashuv o'tkazishgan. 

Faqatgina 30 yoshli o'yinchi "Chelsi"dan "Milan"ga o'tishi uchun maosh talabini kamaytirishi kerak bo'ladi.

Shu bilan birga, "Milan" hujum chizig'i uchun Markus Tyuram variantini ko'rib chiqmoqda.

2022/2023 yilgi mavsumda Lukaku 37 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: MilanNews