

The Times muxbiri Pol Joysning ma'lum qilishicha, bugun futbolchi klub rahbariyatiga jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligini aytgan.
Joriy mavsumda Lukaku “Everton” tarkibida gol urish bo'yicha APLda rekord o'rnatdi.
Ilgariroq futbolchining agenti Mino Rayola futbolchining yangi shartnomasi borasida kelishuvga erishilganligini ma'lum qilgandi. Futbolchining “Everton” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.



