Lukaku: "Derbida 0:2 hisobida yutqazayotganimizda ham Konte umuman baqirmagandi"

Mirjalol Normatov
19 apr 2020, 12:00
"Inter" futbolchisi Romelu Lukaku tvittyerda ayrim savollarga javob berdi.

Undagi bir yigit faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyi haqida gapirdi.

"Milan"ga qarshi o'yinning tanaffusiga kirib ketdik. 0:2 hisobida yutqazayotgandik, biroq Antonio Konte bizga umuman baqirmagan va ovozini ham ko'tarmagan. Shunchaki doska oldida nimalar qilish kerakligini yaxshilab tushuntirgan. Biz ham buni eshitdik, talablarni bajardik va g'alabaga erishdik", - dedi Lukaku.

Ushbu uchrashuvda "Inter" 4:2 hisobida g'alabaga qozongandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal