

Bu bahs 9 ta o'yinlik diskvalifikaciyadan so'ng Suares uchun birinchi o'yin bo'ldi.
"Raqibning birinchi golidan so'ng shokka tushib qoldik. Chunki, o'yin boshidayoq gol o'tkazib yuborgandik. O'zimizga kelib olish uchun vaqt kerak edi. Keyin barchasi joyiga tushdi va jamoa doimgidek xarakter ko'rsata oldi. Terma jamoaga qaytganimdan so'ng birinchi o'yinimdayoq gol kiritganim ajoyib bo'ldi", - deydi "Barselona" futbolchisi.



