Luis Muriel: "Real" jarohatlarga qaramay, jahonda eng yaxshilardan biri bo'lib qolaveradi"

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2021, 13:38
Bugun YCHL 1/8 final doirasida "Atalanta" Madridning "Real" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Bizning yaqqol, yorqin uslubimiz bor. Biz qanday futbol ko'rsatmoqchiligimizni yaxshi tushunganimiz uchun ham ko'plab gollar urishga erishyapmiz.

"Real"ning oxirgi o'yinlarini ko'rdik. Raqibingizni o'rganmaslik, uning bugungi holati haqida tasavvurga ega bo'lmaslik xato bo'ladi.

Ularda ko'plab futbolchilar jarohatlangan. Biroq "Real" doim "Real" bo'lib qoladi. Ushbu musobaqada madridliklar qanday holatda bo'lmasin, oxirigacha kurashadi va dunyoning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi, – dedi Muriel.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru