Luis Enrike nima uchun Mbappe ikkinchi o'yinda ham zaxiraga olinganini tushuntirdi

Khoja
2 mar 2024, 08:52
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike nima sababdan “Monako”ga qarshi uchrashuvda ham Kilian Mbappe zaxiraga olingani haqidagi savolga javob berdi.

“Uni zaxiraga olinishi hech qanday jarohat bilan bog'liq emas. Bu murabbiylarning qarori. Ertami-kechmi Mbappesiz o'ynashni o'rganishimiz kerak. Jamoa manfaati yo'lida men shu qarorga keldim”, - dedi Luis Enrike.

Ma'lumot uchun, Mbappe qatorasiga ikkinchi marta PSJning o'yinida zaxiraga olindi. Bunday holat 2022 yilning oktyabr oyidan beri sodir bo'lmagan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com