Luis Enrike: Messi – futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2017, 09:40
Barselona ustozi Luis Enrike Realga qarshi o'yindan so'ng (3:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Messi – futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi. U doim hal qiluvchi vaziyatlarda ajoyib o'ynaydi. U bizning jamoada ekanidan faxrlanaman.

Ikkita ajoyib jamoalar o'rtasidagi keskin o'yin bo'ldi. To'g'risi bugun istalgan jamoa yutishi mumkin edi. Uchinchi golni 92-daqiqada urganimiz bizga ruhiy kuch beradi. Barcha kataloniyaliklar uchun ajoyib kun.

Agar durang bo'lganida biz afsus chekkan bo'lardik, – deydi Enrike.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com