

Unga ko'ra, ikki terma jamoa qolgan jamoalardan ajralib turadi.
"Argentina qolganlardan yuqoriroq. Braziliya ham. Braziliya haqida ham gapirayotganimning boisi Braziliya OAV jurnalistlari kelib: "Siz Argentinani bizdan yuqoriga qo'ydingiz", demasligi uchundir. Xullas, Argentina va Braziliya qolganlardan ustun ko'rinmoqda", – dedi Enrike.
Eslatib o'tamiz, Argentina Jahon chempionatida "C" guruhida Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan o'ynaydi.
Braziliya terma jamoasi esa "G" kvartetida Serbiya, Shveytsariya va Kamerunga qarshi bahs olib boradi.
Mundial 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.



