Luis Enrike: "G'alaba eng yaxshi davo"

Aziz Tukhtamuradov
6 dek 2016, 21:50
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Borussiya M"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alaba - barcha muammolarning davosi. Biz bu mavsumda YCHLda yaxshi o'yinlar o'tkazdik. Ushbu o'yin turnir jadvaliga xech qanday ta’sir qilmasada, juda muhimdir. Ahir, u "Kamp Nou"dagi chempionlar ligasi uchrashuvi bo'ladi.

Men taktik o'zgartirishlar qilishim mumkin, boshqa o'yinchilarni maydonga tushirishim mumkin. Lekin, so'nggi o'yinlardagi omadsizliklarni unutish uchun ushbu o'yinda g'alaba qozonishimiz muhim. O'z o'rnida, futbolchilarning sog'lig'i borasida tavakkal qilmasligimni ham aytib o'tmoqchiman", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com