

Avvalroq de la Fuente Ispaniyaning o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan. Mutaxassis asosiy jamoadagi faoliyatini Qatardagi Jahon chempionatidan keyin boshlaydi. Luis de la Fuente ushbu lavozimda milliy terma jamoa JCH-2022 1/8 finalida to'xtaganidan so'ng ishdan bo'shatilgan Luis Enrike o'rnini egalladi.
de la Fuente boshchiligida Ispaniya terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasining kumush medali sohibiga aylangan.
Yangi murabbiy mart oyida Yevropa chempionati saralashi doirasidagi Norvegiya va Shotlandiyaga qarshi o'yinlarda debyut qiladi.



