Lui van Gal: "MYU futbolchilarini jamoaning davomiy mag'lubiyati g'azablantirdi"

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2016, 14:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Suonsi"ga qarshi bahs (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Jamoamizga bo'lgan bosim kamayadi deb o'ylayman, o'yinimiz ham yaxshilanadi, ammo bu gol urilishiga bog'liq. Jamoamiz golli vaziyatlarni doimo yaratib kelyapti.

"Manchester Yunayted" futbolchilarini jamoaning mag'lubiyatli seriyasi g'azablantirdi. Ular bunga ko'nikishmagan.

Men ham ketma-ket to'rtta o'yin mag'lub bo'lishga o'rganmaganman. Bunaqasi hech qachon bo'lmagan. Bu noodatiy vaziyat. Futbolchilar g'azabda va vaziyatni o'nglashmoqchi" - deydi gollandiyalik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports