

"Yutsang har doim yoqimli va zo'r. Agarda ikkita o'yinda ketma-ket g'alabani tantana qilsang, unda bu undanda zo'r. Biz "Derbi" va "Stok Siti"ga qarshi o'yinlarda uchtadan gol urdik. Bu esa futbolchilarga o'zgacha ruh bag'shida etganini mashg'ulotlarda ko'ryapman. Agarda "Chelsi"ni yutadigan bo'lsak, unda chempionat biz uchun qaytadan boshlanadi. Lekin hozir "Chelsi"ni mag'lub etish oson ish emas. Xiddink qo'li ostida bu jamoa hali yutqazgani yo'q. Kerrik menga chempionlik uchun hali tugamaganligini aytdi. Biz uchun ham, raqiblar uchun ham chempionlik poygasi davom etadi", - deydi Lui van Gal.



