
Bir necha yetakchi o'yinchilarni sotib yuborgan Porto, Portugaliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
“Albatta “Benfika” chempionlik uchun kurashda bizga raqiblik qiladi, ammo faqat ular emas. “Sporting” hamda “Braga” haqida ham unutmaslik lozim. Evrokuboklar haqida aytadigan bo'lsam, “Porto”ning Chempionlar ligasidagi maqsadi – pley ofga chiqish. U yerda esa qur'aning omadli tushishiga umid qilish kerak bo'ladi”, dedi futbolchi.