

Kroos UEFA va FIFAni tanqid qilib, turnirlar ko'paygani futbolchilarning jismoniy holatiga ta’sir o'tkazayotgani haqida gapirgandi.
“Odamlar jarohatlar qayerdan bunday ko'payib ketganidan hayron bo'lmoqda. O'yinlar juda ham ko'p, tiklana olmaysiz, bu yil koronavirus tufayli g'alati o'tmoqda. Na to'liq dam olish, na mavsumga to'liq tayyorgarlik bo'ldi, undan keyin esa aqldan ozdiruvchi taqvim.
Kroos haq va ko'plab murabbiylar ham buni bir necha bor aytishgandi, ammo hech kim ularga quloq solmayapti. O'yin taqvimlarini tuzayotganlar ushbu mavzuni o'ylab ko'rishlari kerak”, deydi Lovren.


