Lopesh Depay va Auarni ortda qoldirib "Lion"ning 2020 yildagi eng yaxshi o'yinchisiga aylandi

Alisher
1 yanv 2020, 18:23
"Lion" rasmiy sayti jamoaning 2020 yilning eng yaxshi o'yinchisini e'lon qildi.

Eng ko'p ovoz (34,9 foiz)ni darvozaboni Antoni Lopesh qo'lga kiritdi.

Ikkinchi o'rinda Memfis Depay (26,6 foiz) bo'lsa, uchlikni yarim himoyachi Ussem Auar yakunlab berdi (23,4 foiz).

Lopesh joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 14ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OL_English