

Ayni paytga qadar atigi 2 ochko jamg'ara olgan "Sheffild" Angliya chempionati musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasini band qilib turibdi.
"Opta" xabariga ko'ra, "Sheffild Yunayted" APL antirekordini o'rnatgan. Bunga qadar hech bir klub mavsumning 18-turiga g'alabasiz yetib kelmagan edi.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasiga 1992 yilda asos solingan.




