London klubi Insinega qiziqish bildirmoqda

Alisher
17 avg 2021, 12:53
Italiya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioniga aylangan hujumkor yarim himoyachi Lorenco Insine "Napoli" bilan xayrlashishga yaqin.

Klub shartnomasi yakunlanayotgani sabab ushbu yozda o'yinchini sotishi mumkin.

30 yoshli vingyerda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish varianti bor. Uning xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda.

Insine - "Napoli" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U bosh jamoa libosida 2012 yildan beri o'ynaydi. Lorenco o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport