

Londonning "Vest Xem" klubi skandinaviyalik o'yinchiga shartnoma taklif qilmoqchi.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, 30 yoshli yarim himoyachi "Manchester Yunayted" taklifini rad etdi. O'yinchi boshqa klublarning taklifini ko'rib chiqadi yoki "Brentford" bilan yangi bitim imzolaydi.
Eriksen jamoaga ushbu yilning yanvarida kelgan edi. Kristian APL doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.



