

"Temiryo'lchilar" 30 sentyabr kuni "Olmaliq"qa qarshi bahs olib borishadi.
Futbol klubimiz rahbariyatining ma'lum qilishicha, 30 sentyabr kungi o'yin TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi va uchrashuv 16:00da start oladi. Bir kun avval esa odatga ko'ra har ikkala jamoaning o'rinbosarlar tarkibi o'zaro kuch sinashishadi.
Yoshlar ligasi uchrashuvi "Do'stlik" stadionida tashkil etiladi va bu o'yin ham 16:00da boshlanadi. Yana shuni ma'lum qilamizki, "Lokomotiv" - "Olmaliq" uchrashuviga atab chiptalar sotuvga chiqariladi. Chipta narxi 3000 (uch ming) so'm.



