"Lokomotiv": Jurnalistlar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
9 may 2015, 09:42
Xabaringiz bor, oliy liganing 8-turini "Lokomotiv" o'z maydonida o'tkazadi.
"Temiryo'lchilar" 10 may kuni TTYMI stadionida "Andijon"ni qabul qilishadi. Muxlislar uchun shuni aytishimiz lozim, o'yinga kirish bepul.

O'yinga kelish istagida bo'lgan jurnalistlar diqqatiga! Bu yilgi O'zbekiston milliy chempionati hamda Kubogi bahslari uchun PFL tomonidan berilgan akkreditatsiyaga ega OAV xodimlari bemalol o'yin paytida TTYMI stadionining Media-tribunasida o'tirib ishlashlari mumkin. Media-tribuna ikkala jamoa futbolchilari chiqib keladigan tomondagi binoning eng yuqori qavatida joylashgan bo'lib, akkreditatsiyasi bor jurnalistlar bemalol chiqishlari mumkin bo'ladi. Media-tribunaga matbuot anjumanlari o'tkaziladigan xona yonidagi zina orqali chiqiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz