"Lokomotiv" vokzalda katta tantana bilan kutib olindi

Nadirkhuja Yuldashev
30 noya 2016, 21:57
Bugun bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi finalida 1:0 hisobida g'alaba qozongan "Lokomotiv" futbolchilari o'yindan so'ng "Afrosiyob" tezyurar poezdida poytaxtga qaytib kelishdi.

Jamoa a'zolarini Toshkent temiryo'l vokzalida muxlislar karnay-surnay va olqishlar bilan kutib olishdi. Temiryo'l sohasida faoliyat yuritib kelayotgan qizlar futbolchilarga gullar taqdim etishdi. 

O'z tarixida ikkinchi bor Kubokda zafar quchgan "Lokomotiv" PFKni Toshkent vokzalida shuningdek, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbarlari ham xush kayfiyat bilan kutib olishdi. Bunday e'tibordan jamoamiz vakillari shod bo'lishdi va yig'ilganlarga minnatdorchilik izhor etishdi.





O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia