"Lokomotiv" legioneri klub bilan xayrlashdi

Alisher
17 yanv 2020, 16:08
"Lokomotiv"ning nikaragualik legioneri Ariagner Medina Smit Toshkent klubidan ketdi.

"Bu ajoyib o'tgan yilda pasayish ham, yuqorilash ham kuzatildi. Tez orada qaytishga umid qilaman, O'zbekiston", - deb yozadi Ariagner Medina Smit o'zining "Instagram" sahifasida.

Medina Smit joriy mavsum O'zbekiston Superligasida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Takidlash kerakki, hujumchi hech bir o'yinda to'liq o'ynamadi.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi "Lokomotiv"ga qadar "Real Esteli", "Spartak" (Yurmala) va "Qizilqum" jamoalarida o'ynagan.

Hujumchi 2017 yildan buyon Nikaragua terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia