"Lokomotiv" Shuhrat Muhammadievga qiziqayotganligini tasdiqladi

11 dek 2015, 13:41
Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov jamoa transfer bozoridagi ishlarni boshlab yuborganini ta'kidladi.


"Shuhrat Muhammadievga taklif bilan chiqqanimiz rost. Lekin futbolchining amaldagi jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 31 dekabrga qadar amalda. Bizlar Muhammadievga o'z taklifimizni bildirdik. Qolganini esa futbolchining o'zi va "Nasaf" rahbariyati hal qiladi. Biz transfer bozorida o'z ishimizni davom ettiryapmiz. Xudo xohlasa yaqin kunlarda boshqa yangiliklar ham bo'lib qoladi", - deydi To'labek Akramov.



Eslatib o'tamiz, kecha Shuhrat Muhammadievga "Lokomotiv" jamoasi jiddiy qiziqayotganligi haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia