Lokomotiv - Paxtakor uchrashuvi bir kun oldinga surildi

Narzulla Saydullayev
5 may 2016, 19:43
Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan Lokomotiv – Paxtakor uchrashuvi 13dan 12 mayga ko'chirildi.

Bunga sabab Lokomotiv klubining OCHL 1/8 finaliga chiqqani bo'ldi.

Lokomotiv musobaqada O'zbekiston klublari orasida keyingi bosqichga chiqqan yagona klub bo'ldi. Klub 17 may kuni Saudiya Arabistonida Al-Hilol mehmoni bo'ladi. Temiryo'lchilarda safar oldidan qo'shimcha bir kun bo'lishi uchun PFL Paxtakor bilan o'yinni 12 mayga ko'chirdi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz