"Lokomotiv" - O'zbekistonda ikki marta oltin dubl qayd etgan uchinchi klub

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017, 17:02
Toshkentning "Lokomotiv" klubi kecha O'zbekiston kubogi finalida "Buyodkor"ni mag'lub etib o'z tarixida uchinchi bor mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, "temiryo'lchilar" ketma-ket ikkinchi yil ham O'zbekiston chempioni, ham O'zbekiston kubogi sohibi bo'lib o'ziga xos "oltin dubl" qayd etishdi.

Mamlakatimizda shu kunga qadar "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari ikki bor bir yilda ikkala sovrinni qo'lga kiritishgandi. "Neftchi" va "Do'stlik" klublari faqat bir marta "oltin dubl"ga erishishgan.

Ma'lumot uchun, "Paxtakor" "oltin dubl"ga eng ko'p olti marta, "Bunyodkor" esa uch marta erishgan.


Oltin dubl qayd etgan klublar:

1994 - "Neftchi"
2000 - "Do'stlik"
2002 - "Paxtakor"
2003 - "Paxtakor"
2004 - "Paxtakor"
2005 - "Paxtakor"
2006 - "Paxtakor"
2007 - "Paxtakor"
2008 - "Bunyodkor"
2010 - "Bunyodkor"
2013 - "Bunyodkor"
2016 - "Lokomotiv"
2017 - "Lokomotiv"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia